18-noyabr, yakshanba oqshomida Ispaniya terma jamoasi FIFA kunlari doirasida Bosniya va Gersegovina terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasida zaxiradan Suso o‘rniga maydonga tushgan Brais Mendes 78-daqiqaga kelib, hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Qayd etish joiz, Mendes mazkur o‘yinda terma jamoadagi debyutini o‘tkazdi. Mazkur gol o‘yin oxirigacha yagonaligicha qoldi. Shu tariqa ispanlar g‘alabaga erishdi.
O‘rtoqlik o‘yini
18-noyabr, yakshanba
Ispaniya—Bosniya va Gersegovina 1:0
Gol: 1:0 – 78 Brais Mendes.Ispaniya – Arrisabalaga (Lopes, 75), Lorente, Gayya, Kastro (Aspilikueta, 51), Ermoso, Sebalyos (Fornals, 64), Rodri Ernandes, Isko, Asensio, Suso (Brais Mendes, 59), Morata (Rodrigo, 64).
Bosniya va Gersegovina – Shexich, Zukanovich, Bichakchich, Nastich, Simirot, Sarich (Prsich, 79), Beshich, Vishcha (Bayich, 81), Goyak, Krunich (Dulyevich, 62), Jeko (Kodro, 85).
Ogohlantirishlar: Gayya (21), Sarich (38), Morata (56).
Izoh (0)