Navoiy shahrida joylashgan “Yoshlik” stadioni hududida “Kuz-qish mavsumida kommunal tizimlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning oldini olish va sodir bo‘lganda ularni zudlik bilan bartaraf etishga jalb etiladigan kuch va vositalarning shayligi holatini o‘rganish” mavzusidagi ko‘rgazmali o‘quv mashqi o‘tkazildi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.
O‘quv mashqi ikki bosqichda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘quv mashqining nazariy bosqichda viloyatda kuz-qish mavsumi davomida kommunal tizimlarda jumladan gaz, elektr tarmog‘i, issiqlik ta’minoti va ichki yo‘llarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar (uzilishlar) va favqulodda vaziyatlarda, hamkorlikda harakat qiluvchi xizmatlar kuch va vositalarining shayligi, zahira vositalarining yaratilganligi, xodimlarni shaxsiy himoya vositalari va boshqa zaruriy vositalar bilan ta’minlanganlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv mashqining amaliy qismida Respublika ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy holatni o‘rganishlar jarayonida aniqlangan Karmana tumanidagi “Bog‘i shamol” MFYdagi ta’mirtalab Baxt va Mexr ko‘chalarining 4 kilometr qismida viloyat FVB, IIB va “Avtoyo‘l” DUK hamkorlikda shag‘al yotqizish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu o‘quv mashqida viloyat FVDqTning jami 240 nafar ishchi-xodimlari va 182 ta texnikasi jalb etildi.
Izoh (0)