• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Majburiy obunaning ildizi qayerda?

    “Xatirchi hayoti” gazetasining muharriri Anvar Hosilov majburiy obuna muammosi haqidagi maqolasini “Daryo”ga taqdim etdi. Quyida ushbu maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Keyingi paytlarda majburiy obuna mavzusi kun muhokamasiga aylandi. Fikrlar turli tuman. Lekin ularda muammoning ildizi ochib berilmayapti.

    Xo‘sh, muammoning ildizi qayerda? Uning ildizi bosma nashrlarning o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlay olmayotganligida. Buning sabablari esa bisyor. Avvalo tahririyat asosan muassis bo‘lgan vazirlik yoki viloyat va tuman hokimliklarining faoliyatini yoritmoqda. Falon majlis, piston tadbir deganlaridek. So‘ngra esa yana bir qator sohalar borki tahririyat ularni yoritishga mas’ul. Bular odam savdosi, giyohvandlik, OITS, huquqbuzarlik, diniy ekstremizm va hokazo. Bular gazetada ma’lum muddatda necha marta yoritilgani muntazam ravishdi so‘rab turiladi. Yana shunday tarmoqlar borki ularning xodimlaridan har oyda 1-2 ta maqola hisobot uchun talab etiladi. Masalan, yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, prokuratura, DSENM, adliya, notariat va yana bir qator tashkilotlar ularning sirasiga kiradi.

    Yuqoridagi mavzulardagi maqolalar doim ham mushtariylarni qiziqtirmaydi. Qiziqarli maqolalar yozishga esa vaqt topilmaydi. Vaqt topilib maqola yozilsa unga sahifada joy yetishmay qoladi. Shu bois ham gazetalar mushtariylarning talabini qondirmayapti. Shunday bo‘lgach ular ixtiyoriy ravishda obuna bo‘lishmaydi.

    Yana bir sabab, viloyat va tuman gazetalarida reklama orqali mablag‘ topish qoniqarli darajada emas. Vaholanki, bu bexarajat daromad. Shunday qilib, tahririyatning obuna, reklama va e’lonlardan topgan mablag‘i uning yillik xarajatini qoplamayapti. Endi nima bo‘ladi? Agar gazeta xususiy bo‘lganida u yopilib ketar edi. Bizning misolimizda esa u ma’lum bir vazirlik yoki hokimlik muassisligidadir.

    Endi amaldagi qonunchilikka asosan muassis mas’uliyati yuzaga chiqadi. Chunki “Ommavy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasida muassisga ommaviy axborot vositasi chiqarilishini ta’minlash majburiyati yuklatilgan. Bu tahririyatni mablag‘ bilan ta’minlash ham deganidir. Ammo muassisning bunga bunga imkoni yo‘q. Misol uchun, na viloyat, na tuman hokimliklarining yillik xarajatlar smetasida o‘zlari ta’sis etgan gazeta uchun mablag‘ ajratilgan. Shuningdek, mahalliy budjetda ham gazetalar uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmagan. Vazirliklarda ham shunday. Paradoks. Qonun yuridik shaxs sifatida hokimliklarga gazeta ta’sis etish huquqini bermoqda. Uning chiqarilishini ta’minlash majburiyatini yuklamoqda. Lekin buning uchun qonuniy moliyaviy manba berilmayapti. Bunday olganda hokimlik gazeta ta’sis etgan-u, uni mablag‘ bilan ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Xolbuki, madaniyat, ma’rifat, maorif, sport, tibbiyot va yana boshqa sohalar, hatto radio va televideniye ham budjetdan mablag‘ oladi. Gazeta esa yo‘q.

    Xuddi ana shu yerdan endi majburiy obuna boshlanadi. Vazirlik o‘z tizimiga, mahalliy hokimiyat o‘z tasarrufidagi hududdagi korxona, tashkilot va muassasalarga obunani taqsimlaydi. So‘ngra uning ijrosini, yumshoqroq qilib aytganda, tavsiya etadi. Axir boshqa nima ham qilishsin? Moliyaviy manbaga ega emaslar-da!

    Bu yilgi obuna mavsumi nafaqat o‘nlab tuman gazetalarining, hatto ayrim viloyat gazetalarining ham bankrot bo‘lishidan darak bermoqda. Xo‘p, ular mayli yopilib ketaversinmi? Yo‘q-da! Bunga ham qonunchilik yo‘l qo‘ymaydi. Gap shundaki,viloyat va tuman hokimlarining ayrim qarorlari mahalliy nashrda chop etilishi shart.Bundan tashqari saylov kampaniyasi ham yoritilishi kerak. Savdolar, tenderlar, e’lonlar ham gazetada chop etilishi lozim. Aks holda tanlov haqiqiy hisoblanmaydi, fuqarolar yo‘qotilgan muhrlarini, diplomlarini, guvohnomalarini ololmaydi. Qolaversa, tumanlarda gazeta mahalliy yangiliklarni yoritadigan yagona axborot vositasi!

    Umuman olganda, 70-80-yillar davomida, mashaqqatli zamonlarda chiqib turgan gazeta shunday kunlarda og‘ir ahvolga tushib qolgani kishiga alam qiladi.

    Bu muammo respublika miqyosida bo‘lgani sababli uning yechimi ham o‘sha doirada muhokama etilishi zarur. Aminmanki, 2019-yilgi budjetda ham mahalliy gazetalar uchun mablag‘ ajratilmagan.

    Xulosa shuki, davlat korxonasi hisoblangan gazetalarga budjetdan ma’lum miqdorda mablag‘ ajratilishi kerak.

    Muammoning boshqa yechimi ham bor. Zarar ko‘rib ishlayotgan subyekt sifatida gazetalarni xususiylashtirib yuborish mumkin. Biroq unda xususiy nashr o‘zi istagan mavzuni yoritadi. Kerak bo‘lsa, hokimlarning qarorlarini ham shartnoma asosidagi to‘lov amalga oshirilgach yoritadi.Boshqa sohalarniku qo‘yavering. Lekin budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida ham matbuotda faoliyat yoritilishi uchun mablag‘ ko‘zda tutilmagan. Xususiy nashrni bu qiziqtirmaydi. Bu holatda ham budjet tashkilotlariga mablag‘ ajratish talab etiladi. Bu muammo ham respublika miqyosida hal etiladi.

    Gazetalar yopilib ketgach mahalliy jurnalistlar ko‘chada qolib ketmas. Kunlarini bir amallab ko‘rishar. Lekin ular qorinlariga emas, qadrlariga yig‘lab qolishadi.

    19.11.2018, 15:05   Izoh (0)   27570
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MDHning intellektual mulk bozori tashkil etiladi

    19.11.2018, 14:43

    Pomidor nega kamyob mahsulotga aylanib boryapti?

    19.11.2018, 14:26

    O‘zbekistonda dollar, yevro va rublning rasmiy kursi oshdi

    19.11.2018, 14:19

    Kattaqo‘rg‘onda yiliga 2,4 mln tonna sement ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi

    19.11.2018, 13:28

    Toshkentda piyodani urib yuborib, qochib ketgan haydovchi ushlandi

    19.11.2018, 13:13

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi

    19.11.2018, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda tuman va shaharlar iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 13:02

    Toshkent viloyatida pora olgan MIB xodimi 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 12:37

    Iroqda 600 dan ortiq ziyoratchi xlor gazidan zaharlandi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 12:28

    Charlz Oliveyra: “Yarador sher — baribir sherligicha qoladi”

    Sport | 11 avgust, 12:23

    Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi va xotirani tiklash usulini aniqladi

    Ilm-fan | 11 avgust, 12:14

    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil

    Reklama | 11 avgust, 10:30

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yetkazadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:57

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 34 darajagacha tushadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.