BMT Bosh assambleyasining uchinchi qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan fashizmga qarshi kurashganlar xotirasini yodda saqlash, natsizmni qahramonlashtirishni oldini olishga qaratilgan rezolyutsiya mualliflaridan biri O‘zbekiston bo‘ldi. Bu haqda xalqaro tashkilot matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hujjat Rossiya, Xitoy, Pokiston, Armaniston, Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston, Tojikiston, Venesuela, Boliviya kabi jami 39 davlat tomonidan ishlab chiqildi.
Uning loyihasini qabul qilish uchun 130 davlat yoqlab ovoz berdi, 51 davlat betaraf qoldi.
Ikki mamlakat — AQSh hamda Ukraina qarshi ovoz berdi. Ular buni rezolyutsiya hozirgi ko‘rinishida qator inson huquqlari va erkinliklari, jumladan, so‘z erkinligini cheklashi mumkinligi bilan izohladi.
Izoh (0)