Bakiyevlar istalgan kishini o‘ldirishlarimumkinligini ko‘rsatish uchun Medet Sadirqulovning boshiga yetgandi. Hozirgi rasmiylar esa beayb kishilar — Kubanichbek Kulmatov va sobiq bosh vazir Sapar Isakovni hibsga saqlamoqda. Bu haqda Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev “Aprel” kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi K-News.
Atambayev prezidentlikka nomzod Sooronbay Jeenbekovning xarajatlari ko‘rsatilgan hujjat paydo bo‘lganiga izoh berdi.
“Bu hujjat aynan hozir yuzaga chiqib qolgani tushunarli — Ikrom Ilmiyanov qo‘lga olingan. Mazkur buxgalteriyani shtab buxgalteri bilgan. U muddatsiz ta’til olib, boshqa davlatga jo‘nab ketdi. Ayol o‘z hayotidan xavfsiramoqda. Nafaqat u, balki bu hujjat haqida bilganlarning barchasi jonidan xavotirda. Chunki hozirgi rasmiylar Bakiyevlar yo‘lidan ketmoqda”, — dedi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti.
Izoh (0)