Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg nochor talabalarga ko‘mak berish uchun Jon Xopkins universitetiga 1,8 milliard dollar xayriya qildi. Bu haqda u New York Times’ning tahririyat kolonkasida ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Talabalarning to‘lov qobiliyatiga asoslangan holda o‘qishga qabul qilinmasligi tenglik imkoniyatlarini barbod qiladi… Bu jamiyatning har qanday tabaqasidagi har bir odam o‘z intilishlariga yarasha ko‘tarilish imoniyatiga egaligi haqidagi amerikacha orzuning qoq yuragiga zarba beradi”, — deb yozdi Blumberg.
Uning ayni paytda alohida shaxs tomonidan ajratilgan eng yirik xayriya deb hisoblanilayotgan hadyasi Baltimordagi universitetga o‘z talabalariga yordam savatini ancha kengaytirish va ular tomonidan kreditlar olinishi zaruriyatini bartaraf qilish imkonini berishiga umid bildirdi.
Blumbergning o‘zi Jon Xopkins universitetini 1964-yilda tamomlagan.
Izoh (0)