AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining prezident sifatidagi ishini “besh plyus”ga baholadi, deb yozadi “Kommersant”.
“Men ishimni a’lo darajada bajaryapman, deb o‘ylayman… Men o‘zimga besh plyus qo‘ygan bo‘lardim, shu yetadimi? Balki bundan ham balandroq baho qo‘yishim kerakdir?” — dedi Tramp Fox News’ga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir iqtisodiyotdagi vaziyat har qachongidan ko‘ra yaxshiroq. Avgustda ham AQSh prezidenti o‘zini ishi uchun besh plyusga baholagan edi.
Izoh (0)