19-noyabr, dushanba kuni ertalab Xitoyning markaziy Xenan provinsiyasidagi trassada 20 ga yaqin avtomobil bir-biri bilan to‘qnashib ketdi, deb yozadi “TASS”. Xitoy Markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, kamida 15 kishi avtomashinalarda qamalib qolgan va yordam kutmoqda.
YTH Chjumadyan shahridagi Datsin—Guanchjoy trassasida yuz bergan. Ayni paytda voqea joyiga to‘rtta o‘t o‘chirish brigadasi va sakkizta texnika yetib kelgan. Politsiya hodisa joyini o‘rab olib, avtotrassaning tirbandlik yuzaga kelishga ulgurgan qismini yopib qo‘ydi.
Halokatga quyuq tuman sabab bo‘lgani taxmin etilmoqda. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmayapti.
Izoh (0)