Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar pregabalin va tramadol sotuvchilarni yechintirib, kechirim so‘rashga majbur qilgani aks etgan rolik tarqaldi. Bu haqda “Repost.uz” xabar bermoqda.
Kadr ortidagi ovozga ko‘ra, samosudni uyushtirgan yigitlar ikki erkakni jamiyatga qarshi jinoyatda ayblagan. Jarayon boshdan-oyoq videoga olingan, yechintirilgan erkaklarning bo‘ynida esa kechirim so‘ralgan yorliqlar osilgan.
“Lirika” sotuvchilarni Amir Temur xiyoboniga olib chiqib, sazoyi qilish bilan tahdid etilgan.
Mazkur rolik huquq-tartibot idoralari e’tiborini tortgani bildirilmoqda.
Izoh (0)