18-noyabr kuni bir guruh namanganlik haydovchilar davlat bayrog‘i qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan bayram korteji tashkillandi. Bu haqda “Daryo”ga “Voditeli Namangana” guruhi ma’lum qildi.
Tadbirga Namangandagi Yoshlar markazida faoliyat olib borayotgan to‘garaklar qatnashchilari bo‘lgan o‘smirlar ham jalb qilindi.
Kortej mashinalarda ko‘chalar bo‘ylab bayroqlarni olib o‘tdi.
Viloyat YHXB inspektorlari hamrohligida To‘raqo‘rg‘ondagi Is’hoqxon to‘ra Ibrat majmuasini ziyorat qildi.
Bu yerda ochilgan “Qatag‘on qurbonlari” muzeyida bo‘ldi.
Izoh (0)