2018-yilning 16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlarining har yil bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston hamda BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar yordamchisi Miroslav Yencha, Bosh kotibning Maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uchun ichki va transmilliy tahdidlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Izoh (0)