“Taraqqiyot strategiyasi” markazi O‘zbekiston aholisidan taklif.strategy.uz sayti orqali 2019-yilgi islohotlar bo‘yicha taklif va mulohazalarni qabul qilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Mamlakat aholisi 2017−2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi yuzasidan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z qarashlarini almashishlari mumkin:
- davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish;
- qonun ustuvorligi, huquqiy tizimni isloh qilish;
- iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish;
- ijtimoiy sohani rivojlantirish;
- xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, shuningdek, muvozanatli, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish.
Izoh (0)