Germaniya janubida 15-noyabr, payshanba kuni bolalar o‘tirgan ikkita maktab avtobusi to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi Sputnik. Hodisa Bavariya o‘lkasining Ammerndorf shahrida yuz berdi.
Kamida 40 kishi, shu jumladan, ko‘plab bolalar jabrlandi. Besh kishi jiddiy shikastlanishlar oldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jiddiy jarohatlarni ikkala avtobus haydovchilari va uch bola olgan. Yana 15 nafar bola va o‘smir o‘rta va yengil darajali og‘irlikda shikastlangan.
Avtobuslar bir-biriga ro‘paradan to‘qnash kelgan, ulardan birining old qismi to‘liq pachoqlangan. Ikki kishini avtobusdan chiqarib olish uchun qutqaruvchilar og‘ir texnikani qo‘llashiga to‘g‘ri kelgan.
Avariyadan keyin ko‘p o‘tmay, ularga yengil mashina ham kelib to‘qnashgan. Halokat sabablari aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)