O‘zbekiston Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolik pasportiga ega kishilarning Turkiya Respublikasiga sayohatlari uchun har 180 kun ichida 90 kundan oshmagan qayd bilan 30 kun bo‘lgan vizasi rejim, 90 kungacha uzaytirildi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on tomonidan imzolangan 327-sonli qarorda aytiladi.
Turkiya prezidenti imzolagan qarorga ko‘ra, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston fuqarolari har 180 kun ichida 90 kun Turkiyada qolishlari mumkin. Shu vaqtgacha o‘zbekistonliklar Turkiyada 30 kun vizasiz yurishi mumkin edi.
Markaziy Osiyo davlatlaridan faqat Qirg‘iziston uchun 90 kunlik vizasiz rejim amalda edi. Turkmaniston uchun esa 30 kunlik vizasiz rejim saqlanib qoldi.
Izoh (0)