Rossiyalik Irina Yermolenko “Mulk-Sarmoya brokerlik uyi” AJ (sobiq “Vaqt” milliy depozitariysi) aksiyalarining 20 foizdan ortig‘ini sotib oldi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.
Jamiyatning bitta aksiyasi narxi 514 so‘mni tashkil etdi. Aksiyalar paketi (401 785 dona) ustav kapitalining 21,79 foiziga teng bo‘ldi.
Birja kelishuvining umumiy summasi 206,51 million so‘m baholandi.
Ma’lumot uchun, “Mulk-Sarmoya BU” AJ O‘zbekistonninng yirik brokerlik firmasi hisoblanadi. Jamiyatning nazorat paketi davlatga tegishli.
Izoh (0)