Amerika davlat kotibi Mayk Pompeo va Shimoliy Koreya delegatsiyasi uchrashuvi KXDR tashabbusi bilan amalga oshmadi. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR vakillari uchrashuvni “qandaydir sababga ko‘ra” qoldirishni taklif qilgan.
“Davlat kotibi Pompeo uni qoldirishga tayyor edi. Biz hamon muzokaralarga ochiqmiz, men bu vaziyatda qandaydir jiddiy muammo bo‘lgan deb o‘ylamayman”, — dedi Xeyli.
AQSh doimiy vakilining ta’kidlashicha, muzokaralarning qoldirilishi Shimoliy Koreyaning tayyor emasligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)