Toshkentda 7-noyabr kuni qariyalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va fuqarolarning zaif toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam berish, ularning jamoat-siyosiy hayotdagi ishtiroki, shuningdek, nogironligi bor shaxslarning mehnat va bandligi masalalari bo‘yicha xalqaro seminar boshlandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston nogironlar uyushmasi va BMTning Iqtisodiy masalalar departamenti tomonidan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasining O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi uchun o‘tkazilmoqda.
Seminarda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Germaniya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova nogironlar jamiyatlari vakillari qatnashmoqda.
Nogironlar uyushmasi raisi o‘rinbosari Abdulla Abduxalilovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi nogironlar manfaat va huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi 78 da nohukumat notijorat tashkilotlar BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish milliy rejasi loyihasini ishlab chiqqan.
Nogironlar NNTlari, shuningdek, O‘zbekiston siyosiy partiyalari bilan memorandumlar imzoladi, bu ularga hukumatning qonun chiqaruvchi va vakolatli organlariga o‘z nomzodlarini ilgari surish imkonini beradi.
Izoh (0)