TechRax YouTube-kanali muallifi iPhone’ning so‘nggi modeli — XS Max ishtirokida noodatiy krash-test o‘tkazdi, deb yozadi “Vesti.ru”. U qurilmani tashlandiq atom stansiyasining 160 metr balandlikka ega quvuriga tashlab yubordi.
Videorolikda dron telefonni quvur ustiga chiqarib, so‘ng uni pastga tashlaganini ko‘rish mumkin. Bularning barchasini Apple telefoni sekinlashtirilgan rejimda kadrga muhrlagan.
iPhone XS Max’ning pastga qulashi 25 soniyadan ortiq davom etdi. Oxir-oqibat telefon bir nechta joyidan sal darz ketdi, xolos.
Izoh (0)