2018-yilning 6—7-noyabr kunlari Seul shahrida “Koreya Respublikasi—Markaziy Osiyo” 11-hamkorlik forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Ahatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Suv xo‘jaligi vazirligi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari ham o‘rin olgan.
Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bilan meditsina va sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish tarmoqlarida, logistika va transport sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek mintaqadagi suv zahiralaridan unumli foydalanish masalalari va Orol dengizini qutqarish bo‘yicha chora-tadbirlar forumning asosiy mavzusi bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Seul shahrida TIV va Koreya Fondi rahbariyatlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Izoh (0)