Collins Dictionary lug‘ati noshirlari versiyasiga ko‘ra, single-use (“bir martalik”) so‘zi 2018-yil so‘zi deb topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Cheklovlarsiz foydalanish atrof-muhit va ovqatlanish zanjiriga zarar keltirishda ayblanayotgan predmetlarni ifodalovchi Single-use termini Collins 2018-yil so‘zi deb topildi. Single-use tashlab yuborishdan oldin “bir martalik foydalanish uchun ishlab chiqariladigan” — asosan plastik mahsulotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Okeanlarning eng chekka hududlarida suzib yurgan plastik buyumlar — butilka va paketlar ulardan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha kompaniyani boshlashga olib kelgan”, — deyiladi nashr xabarida.
Collins Dictionary bu so‘z birikmasi 2013-yildan to‘rt marta ko‘proq qo‘llanila boshlaganligini ta’kidlaydi.
Izoh (0)