Demokratlar partiyasi vakili, 29 yoshli Aleksandriya Okazio-Kortes AQSh kongressiga saylangan eng yosh ayol bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Prognozlarga ko‘ra, siyosatchi Nyu-York shtati okruglarining biridan vakillar palatasiga bo‘ladigan saylovlarda g‘olib chiqadi.
U respublikachilar partiyasidan nomzod raqibi Entoni Pappasdan o‘zib ketdi.
Avvalroq Okazio-Kortes demokratik praymeriz chog‘ida kongressda okrug nomidan uzoq muddat faoliyat yuritgan Jo Kroulini mag‘lub etdi.
Izoh (0)