Fransiyada prezident Emmanuel Makronga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan olti kishi qo‘lga olindi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlarning eng yoshi 20, kattasi esa 60 yoshda. Ular orasida ayol kishi ham bor.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ushlanganlar o‘ng radikal tashkilotlarga aloqador bo‘lishi mumkin.
Politsiya ularning uylarida tintuv o‘tkazib, qurol va granatalar topgan.
Izoh (0)