Saudiya Arabistoni xavfsizlik xizmati ofitserlari Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgandan so‘ng Istanbul bosh konsulligi oldidagi kuzatuv kameralari videofayllarini bloklab qo‘yishga uringan. Bu haqda Turkiya razvedkasiga tayanib, Sabah gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
6-oktabr kuni Saudiya elchixonasi xavfsizlik xizmati ofitserlari turk politsiyachilari uchun o‘rnatilgan kuzatuv kameralarini tekshirish bahonasi bilan Qoshiqchi o‘ldirilgan kunda olingan videoyozuvlarni shifrlab qo‘yganligi ta’kidlanmoqda. Jumladan, jurnalistning o‘zi va uning taxminiy qotillari elchixonaga kirganligi aks etgan video bloklab qo‘yilgan.
Biroq, nashr manbalariga ko‘ra, Turkiya xavfsizlik kuchlari bu yozuvlarni bir kun avval, 5-oktabr kuni ko‘rib chiqishga ulgurgan. Ular parolni buzish va bu yozuvlarni ochishga erishgan, ular keyinroq e’lon qilingan.
Izoh (0)