AQSh prezidenti Donald Tramp Yamanda avgust oyida bolalar o‘tirgan avtobusning Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan o‘qqa tutilishi holatini izohladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
U hodisani saudiyalik askarlar tomonidan qurol-yarog‘dan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqqan fojia deb atadi.
“Avtobus va bolalar bilan sodir bo‘lgan voqea — dahshatli vaziyat. Saudiyalik askarlar shunchaki quroldan qanday foydalanishni bilmagan. Men armiyada qurolni qo‘llay olmaydigan va bolalar o‘tirgan avtobuslarni o‘qqa tutadigan odamlarni ushlab o‘tirmagan bo‘lardim”, — dedi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Yaman shimolidagi Sa’da shahrida bolalar o‘tirgan avtobus Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan berilgan aviazarba ostida qolgandi. Kamida 29 nafar bola halok bo‘lib, 30 dan ortig‘i yaralangan edi. Zarba chog‘ida Amerikada ishlab chiqarilgan bombadan foydalanilgan.
Izoh (0)