Bugun, 5-noyabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 29-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Xususan, “Paxtakor” safarda “Buxoro”ga qarshi maydonga tushib, mezbonlar darvozasiga 6 ta gol urishning uddasidan chiqdi. “Buxoro” esa faqat 2 ta gol bilan javob qaytara oldi, xolos.
Chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” esa “Bunyodkor” maydonida mehmon bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. “Qaldirg‘ochlar” safida Azizbek Haydarov va Sardor Sobirxo‘jayev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “temiryo‘lchilar”dan Marat Bikmayev hamda Oleg Zoteyev gol urishga erishdi.
Quyi oltilikda Superligada jon saqlash uchun bahs olib borayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi esa “Qizilqum” bilan kurash olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Yuqori oltilik
Quyi oltilik
Pepsi Superliga
29-tur bellashuvlari
4-noyabr, yakshanba
“Nasaf”—“Neftchi” 2:0
Gollar: 1:0 — 9 Sharof Muhitdinov, 2:0 — 54 Dilshod Saitov.“So‘g‘diyona”—AGMK 1:0
Gol: 1:0 — 45 Oybek Nurmatov.“Metallurg”—“Navbahor” 1:0
Gol: 1:0 — 47 Islom Isoqjonov.5-noyabr, dushanba
Izoh (0)