Kecha, 4-noyabr sanasida Germaniya Bundesligasining 10-tur bellashuvlari yakuniga yetdi.
“Borussiya M” o‘z maydonida “Fortuna”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Torgan Azar dublga erishdi, yana bir gol Hoffman tomonidan kiritildi. Mazkur g‘alabadan so‘ng “Borussiya M”ning ochkolari soni 20 taga yetdi va musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
“Mayns” klubi esa “Verder”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Musobaqa jadvalida “Borussiya D” hozirda 24 ochko bilan yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi, “Bavariya” hisobida esa 20 ochko mavjud bo‘lib, ular 3-pog‘onadan o‘rin olgan.
To‘purarlar jadvali
Musobaqa jadvali
Bundesliga
10-tur bellashuvlari
2-noyabr, juma
“Shtutgart”—“Ayntraxt F” 0:3
Gollar: 0:1 – 11 Aller, 0:2 – 32 Rebich, 0:3 – 89 Myuller.3-noyabr, shanba
“Bavariya”—“Frayburg” 1:1
Gollar: 1:0 – 80 Gnabri, 1:1 – 89 Heler.“Shalke-04”—“Hannover” 3:1
Gollar: 1:0 – 57, penalti Bentaleb, 1:1 – 70 Vaydandt, 2:1 – 71 Embolo, 3:1 – 85 Ut.“Bayer Leverkuzen”—“Hoffenhaym” 1:4
Gollar: 0:1 – 19 Nelson, 1:1 – 30 Belarabi, 1:2 – 34 Joelinton, 1:3 – 49, penalti Grifo, 1:4 – 73 Joelinton.“Augsburg”—“Nyurnberg” 2:2
Gollar: 1:0 – 11 Finnbogason, 1:1 – 54 Fuks, 2:1 – 59 Shmid, 2:2 – 88 Myul.“Volfsburg”—“Borussiya D” 0:1
Gol: 0:1 – 27 Roys.“Herta”—“Leypsig” 0:3
Gollar: 0:1 – 7 Verner, 0:2 – 53 Verner, 0:3 – 73 Kunya.4-noyabr, yakshanba
Izoh (0)