Janubiy va Shimoliy Koreya 4-noyabr, yakshanba kuni koreyalararo chegaraning har ikkala tomonidagi 22 ta qo‘riqlov postida sariq bayroqlarni ko‘tardi, deb yozadi “RIA Novosti”. Sentabrda erishilgan kelishuvga ko‘ra, ular pirovardida yo‘q qilinishi kerak.
“Ushbu chora ikkala mamlakat harbiy qo‘mondonligi qo‘riqlov postlarini yo‘q qilish ishlari qanday borayotganligini kuzatish va tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi va shu tariqa o‘zaro ishonch va shaffoflikni oshirishga qaratilgan”, — dedi Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili.
Avvalroq Janubiy Koreya va KXDR harbiy idoralari vakillari 19-sentabr kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tgan sammitda noyabr oxirigacha qurolsizlantirilgan hududda chegaraning har bitta tomonida joylashgan 11 tadan kuzatuv punktlarini yo‘q qilishga kelishib olgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)