24-oktabr kuni Turin politexnika universitetining ma’ruza zallaridan birida juda qiziqarli marosim — lokal startaplar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov tashkilotchilari sifatida Isroil davlatining O‘zbekistondagi elchixonasi, Ground Zero kovorkingi va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish Vazirligi qatnashdi.
Birinchi o‘rin va shu yilning dekabr oyida Xayfa (Isroil) shahriga borish uchun 12 ta eng yaxshi g‘oyalar kurashdi.
Biz bilan bo‘lgan suhbatda jyuri a’zolaridan biri, SIT kompaniyasining istiqbolli yo‘nalishlarni qidirish va innovatsiyalar departamenti rahbari Mishel Asiyag taraqqiyot yuritqichi bo‘lgan noyob Isroil iqtisodiyoti tarixining vujudga kelishi to‘g‘risida va innovatsiyalarni rivojlantirish haqidagi fikrlarni aytib o‘tdi.
Muxbir: Zamonaviy iqtisodiyotdagi innovatsiya va startaplar roli haqida aytib bering.
Mishel Asiyag: Ushbu mavzu bilan qiziqqaningiz uchun rahmat. Startaplar kelgusida sotib olinadigan yoki talab qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish, yoki bor narsani yanada yaxshiroq tomonga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. Ya’ni, agarda mavjud bo‘lgan tovar yoki xizmatga bo‘lgan talab pasayib qolsa, odamlar uni sotib olmaydilar yoki undan foydalanmaydilar. Startaplar esa vaziyatni keskin o‘zgartirishi mumkin.
Juda ko‘p hollarda yaxshi g‘oyalar jahonning yirik Microsoft va Google kabi kompaniyalar mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqiladi, va loyihani amalga oshirish uchun ularni e’tiborini jalb qilish qiyin masala emas.
Facebook’ga qarang. Bu tarmoqning faoliyati boshida kamtarin texnologiyalar jalb etilgan edi, kashfiyot esa insonlarni ijtimoiy birlashtirish g‘oyasi bilan birga sodir bo‘lgan. Dohiyona konsepsiya ham — bu startap. Innovatsiyalar turli mahsulotlar ko‘rinishida bo‘lishlari mumkin. Ular smartfon va ShK uchun ilovalar, fizik obyektlar va buyumlar bo‘lishi mumkin. Startap va innovatsiyalar bo‘lmaganda, mavjud reallik hozirgi ko‘rinishida bo‘larmidikin? Deyarli yo‘q.
Muxbir: Nima uchun Isroil davlatini “Startup Nation” deb atashadi?
Mishel Asiyag: Buning sababi oddiy. 2009-yilda yozuvchi Shaul Zinger o‘z kitobini “Startup Nation” deb nomladi. Bu yerda bir savol tug‘iladi, nima uchun bunday kitob dunyoga kelgan, va bu savolga javob biroz murakkabdir. Isroil davlatida, u hududiy va aholi soni jihatdan kichik davlat bo‘lishiga qaramasdan, AQShdagi Silikon Vodiysiga nisbatan ko‘proq sonli startaplar mavjud. Ammo biz startaplar soni va kishi boshiga bo‘lgan ilmiy xodimlar zichligi bo‘yicha dunyoda birinchimiz. Xuddi shu narsa patentlar va ilmiy nashrlar doirasida ro‘y bermoqda. Aynan bu narsani Shaul Zinger o‘z kitobida yozib o‘tdi, va kichkinagina hududli va kichkina aholi sonli mamlakat dunyoda fan va zamonaviy izlanishlar sohasida peshqadam o‘rinlarini egallashi sabablarini tushuntirdi. Albatta, hamma narsa faqatgina startaplarga bog‘liq emas — Isroil davlatida Microsoft, Intel, Google va hokazolar kabi 250 dan ko‘proq yirik jahon gigantlar vakolatxonalari mavjud.
Birinchi bo‘lib AQSh hududidan tashqarida o‘zini ilmiy-tadqiqot markazini Intel kompaniyasi ochdi. Va shu narsa uzoq 1974-yilda aynan Isroil davlatida sodir bulgan. Bundan keyin boshqa yirik kompaniyalar harakatlanishni boshlagan — ularni Isroil davlatidagi ko‘p sonli iste’dodli muhandislar va olimlar hamda hammabop amaliy imkoniyatlar qiziqtira boshladi. Misol uchun, Ways navigatori Isroilda ishlab chiqilgan va bir vaqtlarda startap edi, hozir esa Ways navigatori Google kompaniyasiga tegishlidir. Shuning uchun nafaqat startaplar innovatsiyalarni oldinga surmoqda, balki jahon gigantlari ham. Bugungi kunda butun dunyo iqtisodiyoti nisbatan nobarqaror holatda. Quvonch va g‘urur bilan aytib o‘tmoqchiman, isroil iqtisodiyoti bir necha sabablarga ko‘ra barqaror. Bizda yaxshi yuritqich bor. Bu — hi-tech, yuqori texnologiyalar — sanoatimizning negizi.
O‘tgan asrning 80-yillarida yirik jahon inqirozi sodir bo‘lgan. Asosan bank va birja savdosi sohasida. Ushbu inqiroz tufayli sodir bo‘lgan o‘zgarishlar iqtisodiyotni o‘zgartirishga emas, balki unin barqarorlashtirish uchun mo‘ljallangan edi. Isroil bu imkoniyatdan foydalandi. Aytib o‘tish joizki, o‘tgan asrning 60—70-yillarda Isroil davlatining to‘qimachilik va agrokultura sanoatlari mamlakat iqtisodiyotining muhim qismi bo‘lgan edilar. Hozirgi kunda to‘qimachilik juda kamtarin joyni egallab turibdi, qishloq xo‘jaligi esa ilmiy sohaga o‘tib ketdi. Ohirgi 20 yil mobaynida Isroil iqtisodiyotiga qo‘shilgan va unga ko‘mak bergan startaplarning juda ko‘p soni xodimlarning yuqori intellektual darajasiga asoslangan. Bundan tashqari, ko‘p g‘oyalar Isroil chetiga chiqib ketgan va u yerda amalga oshirilgan. Bizning g‘oyalarimiz xalqaro bozorda faol qo‘llanilgan, shuning uchun Isroilga katta hajmdagi pul mablag‘lari kelgan.
Masalan, Intel kompaniyasi bir necha yil avval Isroil startapi bo‘lgan MobilEye ilovasini sotib olgan. Bu tizim yo‘llardagi harakatni nazorat qilishga, xavfli yaqinlashishlar haqida ogohlantirishga va yo‘l-transport hodisalari oldini olishga yordam beradi. Intel MobilEye uchun 14 mlrd. dollar sarfladi! To‘g‘ri, bu mablag‘larning bir qismi loyihalarda boshidan ishtiroq etgan investorlarga boradi, ammo bir qismi, tabiiyki, mamlakatda qoladi. Bunga qo‘shimcha, davlat hukumati g‘oyalar va startaplarning bar qismi sotib olinib boshqa davlatlarga olib ketilishi mumkinligini biladi va tushunadi, shuning uchun startaplar davlat tizimi tashkil etilgan. Isroil davlati g‘oya va startaplarga o‘z hissasini qo‘shmoqda va shu bilan loyihani mamlakat ichida amalga oshirilishiga yordam bermoqda.
Muxbir: Isroil iqtisodiyotining kecha va bugungi asosiy xususiyatlari haqida gapirib bersangiz.
Mishel Asiyag: Bu savolni avvalgi savol bilan birlashtirmoqchiman. Isroil iqtisodiyoti yuqori texnologik bo‘lganligi sabablaridan biri, bu – mamlakatda startaplar fenomenini payqab, undan maksimal darajada foydalanishga harakat qilgan hukumatning egiluvchanligi. Chunki innovatsiyalarni ko‘maklashishda davlat tizimining egiluvchanligi va moslashuvchanligi juda muhimdir. Qandaydir qo‘shimcha me’yor va oshiqcha byurokratik qoplamalarni solish emas, balki g‘oyani maksimal darajada qulay va sifatli amalga oshirish.
Men ishlagan kompaniyalardan biri SIT (Innovatsion Texnologiyalar Tizimi) deb nomlanadi. Uning vazifasi — davlat tuzilmalari uchun olingan alohida bir startap bilan ishlash uchun tavsiyalar va qurollarni ishlab chiqish. Bu narsa har xil byurokratik to‘sqinliklarni yaratishga emas, faqat yangi reallik uchun moslashishga yordam beradi.
Muxbir: Davlat tadbirkor yoki olimga qanday yordam berishi mumkin?
Mishel Asiyag: Bu mavzuda suhbatimizni davom ettirsak, qo‘shimcha qilib aytamanki, yordam aniq bir olim yoki tadbirkorning ta’limi, tarifikatsiyasi va davlat tomonidan ko‘maklashishga asoslanishi kerak. Bunga qo‘shimcha, hukumat va olim (tadbirkor) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, javobgarlik va davlat tuzilmalari tomonidan har bir alohida holatda aniq bir olim (tadbirkor) oldida turgan muammolarni tushunish. Ingliz maqolida aytilganidek, mansabdor inson tadbirkorning tuflisida qanday yurishni bilish uchun, ularni kiyishi kerak. Ya’ni, faoliyatning nozik tomonlarini tushunib, ularni maksimal darajada yengillashtirish. Bir misolni keltiraman. Bizda innovatsiyalarni amalga oshirishda yordam beruvchi Innovation Authority deb nomlangan tuzilma mavjud. Bir yil avval O‘zbekistonda Innovatsion Rivojlantirish Vazirligi tashkil etilganligi haqidagi xabarni yoqimli hayrat bilan eshitdim. Yuqorida aytib o‘tilgan isroil tashkiloti boshlig‘i bundan avval Apple vakili bo‘lib ishlagan, ya’ni, bu inson tadbirkor faoliyatining barcha nozik tomonlarini, uning muammolarini va fikr yuritishini biladi. Umuman olganda, bu tashkilotdagi ko‘p sonli o‘rinlarni zamonaviy tadbirkorlik muammolarini yechish mumkin bo‘lgan yo‘llarini amalda biladigan sobiq tadbirkorlar egallab turmoqda. Olimlar haqida gapirsak, sof va amaliy fanlar o‘rtasida bir necha o‘n yillar mobaynidagi ilmiy g‘oyalarni joriy qilinishlar turibdi. Bu yerda sabr degan tushuncha juda katta ahamiyatga ega. Davlat tomonidan universitetlar va ilmiy tadqiqot institutlar uchun katta mablag‘lar sarflanmoqda, ammo buning unumini ko‘p yillardan so‘ng olmoqda.
Muxbir: Ta’limotning ahamiyati qanday va qanday qilib fanni amaliyga aylantirish mumkin?
Mishel Asiyag: Farzandi bor insonlar bolalarning juda topqirligini biladilar. Ma’lum bir paytgacha. Biz ularni maktabga jo‘natayotgan paytigacha. Maktabda esa bu topqirlik bosiladi va ta’limning standart jarayoni bilan o‘ldiriladi. Mening fikrimcha, ta’limning bolalar bog‘chasidan boshlab to universitetgacha bo‘lgan asosiy vazifasi, bu- o‘rganishni o‘rgatish. Tadqiq qilish, g‘oyalarni ishlab chiqish, fikrlash. Bu narsa quruq bilimlardan ko‘ra muhimroqdir. Zamonaviy gadjet va metodikalarni, davra suhbatlarini va texnologik moslamalarni joriy etish va ulardan foydalanish, munozaralarni rag‘batlantirish. Maktab davrida o‘qituvchilar meni bir partada o‘tirgan qiz bilan gaplashganim uchun so‘kishgan edi, hozirda esa bahslar qo‘llab quvvatlanmoqda, va bu narsa juda muhim. Isroilliklar bahslashishni va hamma narsani muhokama qilishni yoqtiradilar. (kuladi). O‘quvchilarning harakati va fe’llarini ko‘p sonligini quvvatlash juda muhim. Ammo lekin, bu yerda davlat apparatini zamonaviy hayotda sodir etilayotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan ta’sirlanishi ham katta ahamiyatga ega.
Yana bir misol: Intel xodimlaridan biri bu kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan Santa-Klaradan Isroilga kelib, o‘z farzandlarini maktabga bergan. Va u mamlakatning zamonaviy maktablarida, o‘zi maktabda o‘qigan davrga nisbatan, matematika, fizika va boshqa aniq fanlarga qiziqayotgan judam kamligidan ajablangan. Bu masalani o‘rganish jarayonida bu narsaga ota-onalar aybdorligi aniqlandi: ular bolalarni rag‘batlantirishdan va ta’limga yo‘naltirishdan bosh tortishmoqda ekan. Natijada, bu xodim o‘z tashabbusi bilan, bunday holatni o‘zgartirish uchun, Isroil davlati ta’lim vaziri bilan uchrashdi. Shunday qilib, vazir Microsoft, IBM, Intel va boshka jahon gigantlari bilan hamkorlikda matematika va fizika fanlariga qiziqayotgan bolalarni ikki karra ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan dastur bilan shug‘ullana boshladi. Biz o‘quvchilar uchun, ularda matematika kabi hajmli fanga qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan juda noodatiy taqdimotlar uyushtirgan edik. Biz o‘quvchilarga, agarda ular yuqori texnologiyalar dunyosiga eshikni ochmoqchi bo‘lsa, bu eshikning kalitini bugundayoq qo‘lga kiritishlari zarurligi haqida tushuntirib o‘tdik. Shaxsan men, Intel menejeri sifatida 2 yil ichida mamlakatning 130 dan ortiqroq maktablariga bordim va mening kompaniyam ushbu tadbirlarning barchasini moddiy ta’minlab berdi. 5 yildan so‘ng biz maqsadimizga erishdik — matematikani o‘rganayotgan o‘quvchilar soni ikki barobar ko‘paydi.
Xotiramda bitta o‘quvchi qiz qoldi. U rus edi, uning ismi Yelena. Bir kuni u oldimga kelib, bizning taqdimotimizdan avval u qo‘shimcha o‘rganish uchun uchta fanni olmoqchi bo‘lganini, endi esa beshta fanni olmoqchiligi haqida aytib berdi. Bunday holatlar ko‘p, va bu narsa judayam yoqadi, o‘sha zahotidayoq unumni sezadi inson.
Bu yerda davlat yordami masalasiga kaytib davlat tuzilmalarini ta’limot segmentlari bilan hamkorligini ko‘rishimiz mumkin. Albatta, bu yerda sof altruizm emas. Davlat hozirdanoq, qanday qilib bizga bir necha yillardan keyin kelib ishlaydigan yosh muhandislar sonini va sifatini oshirish masalasi haqida o‘ylamoqda.
Atigi 5 yil avval universitetlarimizdagi olimlarning ko‘pchiligi ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanib buning natijasida turli jurnallar sahifalarida ko‘p sonli maqolalar bosilgan edi. Bu ularning asosiy “mahsuloti” edi. Bugun esa barcha universitet, institut va kollejlarda g‘oyalarni tijoratlashtirish buyicha ichki bo‘limlar mavjud. Shuning uchun o‘z ishini nashr qilinishiga qiziqayotgan olim avvalo ushbu bo‘limlar bilan barcha jarayonlarni muvofiqlashtiradi, ular o‘z navbatida patent olishga harakat qiladilar. Odatiy hol, olimlar juda sabrsiz bo‘ladilar va kutishni xohlamaydilar, ular mazkur bo‘limlar ishini shoshiltiradilar. Ilmiy ishlab chiqilgan g‘oyalarni patentlashtirish universitet (kollej, institut)ga pul mablag‘larini oqib kelishi uchun zamin yaratadi. Misol uchun, men ishlayotgan kompaniyaga farmatsevtika, moliya va boshqa sohalarda ekotizimlarni tashkil qilish tajribasini o‘rganayotgan yirik tashkilotlar delegatsiyalari tez-tez tashrif buyurar edi. Bu delegatsiyalar a’zolari olimlar bilan, ulardan bilim vo g‘oyalarni olish uchun uchrashganlar, olimlar esa o‘z aqli orqali pul ishlash mumkinligini tushunganlar.
Muxbir: Ekotizim qanday shakllanadi?
Mishel Asiyag: “Ekotizim” nomi tabiatdan olingan. Masalan, tabiatda suvning aylanishi — bu ekotizim. Yuqori texnologiyalar sohasida ekotizim insonlardan iborat — olimlar, tadbirkorlar, ta’limot segmenti, davlat vakillari va hokazolardan. Ekotizimning sementi va juda muhim qismi bu –madaniyat; bunga yana bir sof isroillik tarkibiy qism- armiya qo‘shiladi. Ushbu, ko‘rinishidan tarqoq, qismlarning hamkorligi, ularning birlashishi — bular hammasi ekotizimlar. Hukumat va sanoat, ta’limot va armiya, misol tariqasida. Ya’ni, Isroil armiyasida hizmatni o‘tab kelgan askar o‘z uyiga, masalan, kibermaydoni sohasidagi mutaxassis bo‘lib qaytmoqda. U aynan armiyada ta’lim olgan. Mening o‘g‘lim razvedka tuzilmasida 5 yil xizmatni o‘tagan, va xizmatni tamomlaganidan so‘ng u kasb buyicha sifatli tayyorgarlikka ega bo‘lgan; shuning uchun unga armiyadagi xizmatining ohirgi kunidayoq ish to‘g‘risida 9 ta takliflar kelgan.
Armiya sanoatda ishlash uchun iste’dodli yigitlarni tayyorlaydi, hamda armiyaga kerak bo‘lgan o‘qimishli yosh mutaxassislarni jalb qilish zaruriyatini tug‘diradi. Bu narsa barcha tuzilmalar o‘zaro aloqador bo‘lishi va ekotizimlar tashkil qilishi mumkinligiga yaqqol misoldir. Ekotizimning juda muhim jihati bu — uning mustaqilligi, o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini o‘zi o‘zgartirish. Har bir ekotizim tashqi o‘zgarishlarga aniq ta’sirlanishi, ularga moslashishi shart. Bu narsa yuqori ahamiyatga ega. Ekotizim mustaqil ravishda moslashish qobiliyatiga ega bo‘lsa, bunday matritsaning barcha a’zolari mamnun bo‘ladilar. Qisqa qilib aytganda, win win, ya’ni, ikkala taraflar yutadilar.
Muhbir: Yoshlarni tahsil olish uchun qanday qiziqtirish mumkin?
Mishel Asiyag: Men bu haqda biroz gapirib o‘tdim. O‘ylashimcha, ularga shuni ko‘rsatish kerakki, kelajakdagi eng qiziqarli va chiroyli “o‘yinchoq”ni olish uchun kalit ularda hozirdanoq mavjud, faqat uni qo‘lga kiritishni bilishlari zarur. O‘z aqli yordamida ishlab topish. Aks holda ular o‘sha eshikni oldiga borganlarida, kalit topilmaydi, kech! Bolalar uchun mana bunday qiziqtirish omili. Isroil ekotizimi muvaffaqiyatining global sirlaridan biri shundaki, biz talabalarni ishga jalb qilmoqdamiz. Masalan, bizning eng mashhur universitetimiz Technion, ish paytida universitetga kerakli ma’ruzalarga borib ulardan keyin ishga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlayotgan talabalarning ish jadvaliga moslashgan. Bu yerda xam “win win”, ya’ni, ikkala taraflar mamnun: sanoat malakali, lekin moliya jihatdan kamxarajatli ish kuchiga ega, talaba esa karyera o‘sishi va, kichik bo‘lsa ham, oylik maoshiga ega bo‘ladi. Bu talabalar bizning kelajakdagi mijozlarimiz. Bu yerda va hozir.
Men, menejer bo‘la turib, bu yigitlarning maslahat va istaklariga, real hayotlarining talablariga quloq solishim zarur. Kompaniyamiz ba’zi hollarda iste’dodli katta sinf o‘quvchilarini yollaydi. Bu 16-17 yoshli bolalar. Bir kuni men bunday maktab o‘quvchi qizlarning biri bilan intervyu o‘tkazdim va uni “agarda savollaringiz bo‘lsa, menga e-mail ga yozing” so‘zlar bilan tamomladim. Shunda u qiz hayron qolib “Siz haliyam elektron pochtadan foydalanasizmi?” deya so‘radi. Men uchun bu narsa kichik shok bo‘lib qolgan, ammo bu ekotizimning o‘zini o‘zi rivojlan tirishning yaqqol misolidir. Bunday misollardan yana bir nechasini keltirish mumkin.
Bolalarni tahsil olish uchun qiziqtirishning birinchi omili — bu puldir. Bu haqda men maktablardagi taqdimotlarda foydalanadigan slaydlardan biri gapiradi. O‘z oldingga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun sen moliyaviy mustaqillikka ega bo‘lishing zarur. Erkinlikka. Men o‘sha slaydni jahonning turli mamlakatlar bo‘ylab sayohatlarimdan olib kelgan fotosuratlar bilan tasvirlaganman, va bu narsa ishlaydi.
Z avlodi oldingi avlodga nisbatan bunchalik kuch bilan pulga qiziqmaydi. Ularga unum kerak. Ular namunali oilani va bo‘sh vaqtni istaydilar. Bizning zamonaviyat va yangi reallikka bo‘lgan ta’sirlanishimiz — bu yoshlar talablariga moslashish. Bularni ichida ham sirtqi ish, ham haftasiga bir-ikki kun ishlash imkoniyati. Ko‘p holatlarda ofisda yo‘qotilgan befoyda vaqtga nisbatan unum kattaroq ahamiyatga ega. Kompaniya uchun har kuni bir soatdan g‘ayrat bilan ishlab berayotgan baxtli inson, ofisda kuniga 8 soatdan o‘tiradigan baxtsiz charchagan insondan farqli o‘laroq, ko‘proq ishlarni amalga oshirishi mumkin. Baxtli insonlar sermahsulroq bo‘ladilar. Bekor o‘tkazilgan vaqtni hisoblashdan ko‘ra, natijalarni hisoblash muhimroqdir. Natijalarni qadrlanglar.
Yoshlarni tahsil olishga qiziqtirishning yana bir muhim tomoni — qilingan xatolar uchun majburiy jazoning yo‘qligi. Barcha tizim shuni tushunish zarurki, jazoning muqarrarligi bolaning siqilishiga, tashqi dunyodan berkilishiga va maksimal ravishda uzoqlashishga olib keladi. U himoya “shlemi”ni kiyib o‘z ichiga ketadi. Bu “shlem” esa miyani qisib bolaning rivojlanishiga imkoniyat bermaydi.
Misol uchun, Intel’dagi mening guruhim juda qiziqarli loyihani amalga oshirgan. Ammo kompaniyaning ustuvorliklari o‘zgargan va ushbu loyiha yopilgan. Mazkur loyiha yiqilgani uchun, men umumiy yig‘ilishda guruh a’zolarini sahnaga chaqirib, ularga minnatdorchilik bildirib, ularni oilaviy nonushtaga chaqirganimda ular judayam hayratda qolgan. Ularning hayratiga javoban, men ularga shu narsani tushuntirdimki, ularning mazkur loyihaga solgan kuch va hissalari, uni amalga oshirishga intilishlari juda qimmatbahodir, va men ularga o‘xshab barcha insonlarni ishlashlarini hohlayman.
Huddi shu holat maktablarda ham uchraydi. Necha marotaba biz, ota-onalar va o‘qituvchilar, bolani bironta ishga urinishi uchun uni rag‘batlantirish yoki maqtovsiz qoldirgan edik? Bolalarni taqdirlanglar, ularni maqtanglar, ularga yangi eshiklarni ochinglar!
Tanlov natijalariga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
Mo‘minov Muzaffar. 3-o‘rin. (Gerpesga qarshi innovatsion dori vositasini ishlab chiqqanlik uchun.)
Korobeynikov Slava. 2-o‘rin. (Moliya texnologiyalari sohasidagi ma’lumotlar kripto-almashuvi bo‘yicha startap).
Obidov Amir. 1-o‘rin. (Cleanbox sterilizatorni ishlab chiqqanlik uchun). Xayfa shahridagi startaplar xalqaro tanlovida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etadi.
Izoh (0)