O‘zini Rustam deb tanishtirgan O‘zbekiston Milliy universiteti 2-bosqich talabasi 1-noyabrdan a’lochi stipendiyasiga bir oy yashab ko‘rishini e’lon qildi.
“O‘zbekistonda iste’molchi korzinasi mavjud emas. Studentligimdan kelib chiqgan holda a’lochi stipendiyasiga bir oy yashash mumkin yoki mumkin emasligini o‘zimda eksperiment qilib ko‘rmoqchiman. Bir oy davomida har kuni kechki 21:00 da mana shu kanalga videolarimni joylashtirib boraman. Kimga qiziq bo‘lsa meni kuzatib boring va o‘z fikrlaringizni qoldiring!”, — dedi Rustam Facebook’dagi “Garmdori” kanaliga joylangan videoda.
Ayni paytda bir oylik a’lochi stipendiyasi hajmi 662 ming so‘mni tashkil qiladi.
https://www.facebook.com/Garmdori/videos/vb.2172254999456441/2008803442472992/?type=2&theater
Izoh (0)