“O‘zbekenergo” AJ 2018-yil 16-noyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshishini ma’lum qildi.
Bunga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabr kuni qabul qilingan “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining va tariflarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to‘g‘risida” qarori asos bo‘ldi
Yangi preyskurantga ko‘ra, 16-noyabrdan elektr energiyasining 1 kilovatti 250 so‘mgacha (hozir 228 so‘m 60 tiyin) oshadi. 2019-yil 1-iyunidan esa yana bir marta — 280 so‘mgacha o‘sadi.
Izoh (0)