O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov OAV vakillari bilan uchrashuvda mamlakatda ayrim toifalarda ishlovchi xodimlarning ish haqlarida o‘zgarish bo‘lishi borasida ma’lumot berdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, 1-dekabrdan tibbiyot sohasi xodimlarining oylik maoshlari 20 foizga, 2019-aprel oyida esa yana 15 foizga oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, 2019-yilda o‘qituvchilarining ham oylik maoshlari oshirilishi rejalashtirilgan.
Vazir o‘rinbosari ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yildan eng kam oylikka ishlovchi 370 ming nafar xodimning oyligi birinchi razryad bo‘yicha 15 foiz, ikkinchi razryad bo‘yicha 10 foiz, uchinchi razryad bo‘yicha 5 foizgacha oshiriladi.
Izoh (0)