Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi xonadonlarning birida gaz chaqnashi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 1-noyabr kuni Zangiota tumanida yashovchi T.M. uyi oshxonasida gaz plitasini yoqish maqsadida gugurt chaqqan vaqtida gaz quvuridan sizib chiqib, to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
“Natijada T.M. kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)