Pavel Durov Telegram messenjerida boshqalarning yozishmalarini o‘qishga imkon beruvchi zaiflik borligini rad etdi. Bu haqda Telegram asoschisi o‘z kanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Durovning yozishicha, mavjud bo‘lmagan zaiflik haqidagi xabarlar Rossiya OAVlari tomonidan tarqatilmoqda va u texnologiyadan uzoq odamni adashtirishga xizmat qiladi. Texnik jihatdan tarqatilgan xabar “Agar menda kompyuteringizga kirish imkoni bo‘lsa, sizning xabarlaringizni o‘qiy olaman”, — degan mazmunga ega.
Durov Rossiya OAVlarining Telegram Desktop talqini haqidagi xabarlarini misol sifatida keltirgan. Xabarlarga ko‘ra, messenjerning bu talqini foydalanuvchilar yozishmalarini kodlamaydi, bu esa mazkur yozishmalarni o‘qishga imkon beradi.
Izoh (0)