Amerikaning protsessorlar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasi sud orqali Apple’dan yetti milliard dollar talab qilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Qualcomm tomonidan ta’kidlanishicha, mazkur summa Apple tomonidan to‘lanishi rad etilayotgan royalti hisoblanadi.
Xabar berilishicha, Apple kompaniyasi Qualcomm’ning patentlaridan foydalanmoqda va bunda kerakli to‘lovni amalga oshirmayapti, OAVning yozishicha, kompaniyalar o‘rtasida yuzdan ortiq sud ishi bo‘yicha “urush” ketmoqda. Kompaniyalar o‘rtasida rasmiy hamkorlik mavjud emas, chunki Qualcomm asosan Android smartfonlar uchun chiplar ishlab chiqaradi.
Izoh (0)