Cymulate kompaniyasi ekspertlari Microsoft Word hujjatlarida xavfli zaiflik mavjudligini aniqladi. Ulardagi videolarga qo‘yilgan havolalar osonlik bilan zararli dasturlarni o‘rnatishga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Buzg‘unchilar matnga videorolik qo‘yadi, shundan so‘ng video havolasini document.xml parametrlari yordamida o‘zgartiradi.
Shundan keyin Internet Explorer brauzeri orqali virusni diskka yuklaydi. Bunda kompyuter himoyasi bunday aralashuvga reaksiya bildirmaydi.
Microsoft kompaniyasi dasturchilari hozircha zaiflikni bartaraf qila olgani yo‘q. Shuning uchun ekspertlar foydalanuvchilarga matnli hujjatlar bilan ehtiyotkorlik asosida ishlashni maslahat bermoqda.
Izoh (0)