Moskvada “Novaya gazeta” tahririyati binosiga qo‘ylar solingan uchta katak keltirildi. Ularga “Pressa” yozuvi tushirilgan jiletkalar kiydirilgan, deb yozadi “Novaya gazeta”.
Tahririyat huquq-tartibot organlari hayvonlarni egalariga qaytarishi uchun politsiyaga murojaat qildi. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda. Politsiyachilar tekshiruv natijalariga ko‘ra, protsessual qaror qabul qilinishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni tahririyatga muxbirning surati hamda “Denis Korotkov — Vatan xoini” degan yozuvli guldasta, 18-oktabr kuni esa “‘Novaya gazeta’ning bosh muharririga. Sizga va Korotkovga salom bilan” degan yozuv bilan qo‘yning uzilgan kallasini yuborishgan edi.
Izoh (0)