Moskvaning Kuzminskiy tuman sudi “Jinoyat haqida xabar bermaslik” moddasi bo‘yicha hukm e’lon qildi va O‘zbekiston fuqarosini aybdor deb topdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Sudga ko‘ra, Nosirjon Abdurrazzoqov Telegram’dagi yopiq guruhda a’zo bo‘lib, terrorchilik yo‘nalishidagi jinoyat sodir etilishini bilgan, biroq bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar bermagan.
Buning uchun O‘zbekiston fuqarosi 80 ming rubl jarimaga tortildi.
Rossiya Jinoyat kodeksida mazkur modda 2016-yil iyulida paydo bo‘ldi. Unda jazo turlari sifatida 100 ming rublgacha jarima, bir yilgacha majburiy mehnat yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum etish ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)