Rossiyalik harbiy ekspert Aleksandr Jilin Rossiya chegaralariga “Samarqand” radioelektron kurash komplekslarini joylashtirish zarurati qayerdan paydo bo‘lganini ma’lum qildi.
“Sputnik”ning yozishicha, bunga AQSh o‘rta va qisqa masofalarga mo‘ljallangan raketalar bo‘yicha shartnomadan chiqish rejalarini e’lon qilgani sabab bo‘lgan.
“Afsuski, hamkorlarimiz yuzaga kelayotgan tahdidlarga munosabat bildirishimizga majbur qilmoqda. AQSh, Sharqiy Yevropa mamlakatlarining xaspo‘shlashi bilan, ehtimoliy harbiy to‘qnashuv oqibatlarini o‘ylamay, Rossiya chegaralari yaqiniga raketa majmualarini joylashtirmoqda. Moskva esa, o‘z navbatida, bunga munosib javob qaytarishga tayyor, lekin u so‘nggi lahzagacha qon to‘kilishining oldini olishga intiladi, xususan, “Samarqand” kabi dushman uskunalarini zararsizlantiruvchi majmualarni o‘rnatish orqali. Bu o‘sha Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi aholi orasidagi yo‘qotishlarni ham kamaytirish imkonini beradi”, — dedi Jilin.
Avvalroq Rossiyaning Murmansk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Moskva viloyatlari, Krasnodar va Primorye o‘lkalari, Yahudiylar muxtor viloyati va Belarusdagi 13 ta harbiy qismga “Samarqand” radioelektron kurash komplekslari joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)