Apple kompaniyasi iPhone uchun xakerlik hujumlaridan himoyani yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avvalroq Amerikaning Grayshift kompaniyasi iOS operatsion tizimli qurilmalarda, shu jumladan, iPhone X’da parollarni ocha oladigan Graykey algoritmini yaratgani ma’lum bo‘lgan. Xabar berilishicha, kompaniya o‘z ishlanmasini hukumat idoralari, politsiya va maxsus xizmatlar manfaatlari uchun ishlata olishi mumkin.
Qayd etilishicha, Apple zaiflikni bartaraf etgan va iOS 12 va undan yuqori operatsion tizimli qurilmalar uchun mo‘ljallangan himoya tizimini ishlab chiqqan.
Bunda ma’lumotlarni qisman chiqarib olish imkoniyati saqlanib qolgan. Bular kodlanmagan ma’lumotlar yoki fayllarning o‘lchamlari va qurilmadagi papkalarning strukturasi hisoblanadi.
Izoh (0)