28-oktabr kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus va Qo‘ng‘irot tumanlari orasida Nexia avtomobili shu yo‘nalishda harakatlanayotgan poyezd bilan to‘qnashdi. Bu haqda Repost xabar bermoqda.
Nexia avtomobili haydovchisi shlagbaum o‘rnatilmagan temir yo‘lni yo‘l harakati qoidalariga amal qilmay kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Shu paytda katta tezlik bilan o‘tayotgan poyezd uni urib yuborishi oqibatida esa Nexia o‘n metrdan uzoqroq masofaga uchib ketgan.
Hodisa yuz berganidan o‘n daqiqa o‘tib tez tibbiy yordam yetib kelgan, jabrlanuvchilar yo‘q.
Izoh (0)