Joriy yilning 27-oktabr kuni Farg‘ona viloyati Furqat tumanida yashovchi R.O. “K.Sodiqov” MFY hududida fuqaro K.S. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli R.O. Chek-ko‘prik ko‘chasida K.S.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada K.S. shu yerda bo‘lgan ariqqa tushib ketib, voqea joyida vafot etgan. Ko‘rilgan choralar natijasida R.O. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)