“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va Janubiy Koreyaning Siloam Center for the Blind xayriya tashkiloti hamkorlikda ko‘zi ojiz, imkoniyati cheklangan bolalarni san’at va musiqaga qiziqtirish uchun navbatdagi tadbirni o‘tkazdi, deb yozadi O‘zA.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida delegatsiya ishtirokchilari tomonidan xayriya konserti tashkil etildi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya xalqlarini qadimiy do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. Ikki xalqning madaniyati, mentaliteti o‘xshash. Taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan koreyslar o‘zbeklar bilan do‘st-birodar bo‘lib ketgan, jamiyatimizning faol a’zolariga aylangan. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va Siloam Center for the Blind xayriya tashkiloti hamkorligi 2015-yildan boshlangan bo‘lib, bugunga qadar bir necha xayrli ishlar amalga oshirishga erishildi. Mehrga tashna qalblarga darmon bo‘lish, imkoniyati cheklanganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish har bir insonga xos fazilatdir. Dunyoda mehrdan kuchli yana qanday tuyg‘u bor?!Tatyana Karimova, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi prezidenti
Izoh (0)