Urgut tumanida yashovchi M.X. Cobalt mashinasini “Olmaota—Toshkent—Termiz” yo‘lining Samarqand tumanidan o‘tuvchi qismida haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa oqibatida piyodalardan biri S.N. jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Ikkinchi piyoda — F.B. esa tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)