O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniyada yuz bergan kuchli suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar, jumladan, yosh bolalarning halok bo‘lgani munosabati bilan Iordaniya podshohi Abdulla Ikkinchiga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 25-oktabr kuni Iordaniyada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Agvar botig‘i yaqinida ko‘prik qulagan, oqibatda ko‘prikda bo‘lgan avtobusni kuchli suv oqimi oqizib ketgan. Hodisa oqibatida 20 kishi, aksariyati — maktab o‘quvchilari halok bo‘lgan.
Izoh (0)