27-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasi bo‘yidagi suv to‘la ariq ichida turgan olti erkakning fotosurati tarqaldi. Ushbu fotosurat yuzasidan O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamoatchilikka iltimos bilan murojaat qildi.
“Vazirlik ushbu fotosurat olingan joy va bunga sabab bo‘lgan vaziyatni aniqlashga yordam beradigan har qanday axborotni taqdim etishingizni so‘raydi. Har qanday axborotni +99895-145-88-44 telefon/Telegram raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki vazirlikning Facebook’dagi sahifasiga shaxsiy xabar yo‘llash orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi vazirlik murojaatida.
Izoh (0)