Vladimir Putin O‘zbekiston va Rossiya savdo aloqalari hamda logistikasini optimallashtirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishni taklif qildi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
U joriy yil 8 oy davomida ikki davlat o‘rtasida agrar mahsulotlar savdosi hajmi salkam 40 foizga ko‘payib, 340 million dollarni tashkil etganini qayd etdi.
“Bu ko‘rsatkichlar kelgusida yanada oshishiga shubha yo‘q, chunki Rossiyada o‘zbek qishloq xo‘jalik mahsulotlari importi uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan: bojxonada ’yashil yo‘lak’ tizimi joriy etilgan, fitosanitar nazoratining alohida tartibi tasdiqlangan, imtiyozli temir yo‘l tariflari amalda bo‘lib turibdi”, — ta’kidladi Rossiya prezidenti.
Putinga ko‘ra, endi O‘zbekistonga qaytayotgan transportga Rossiya mahsulotlari, jumladan, oziq-ovqat tovarlarini yuklash masalasini ko‘rib chiqish lozim. Buning uchun imkoniyatlar bor: Rossiyada oxirgi 5 yil ichida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 20 foizdan ko‘proqqa oshdi.
Izoh (0)