Joriy yil 26-sentabr kuni ta’lim olish maqsadida Yaponiyaga kelgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakat do‘konlaridan birida 800000 iyena o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib, hibsga olingan edi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi xabar bermoqda.
4-oktabr kuni uning onasi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiga yordam olish maqsadida murojaat qildi. Yoshlar ittifoqi Izboskan tuman kengashi va “Taraqqiyot” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda Yaponiyaga tavsiyanomalar yo‘llandi.
Hodisadan xabar topgan O‘zbekistonning Yaponiyadagi konsuli Erkin Tohirov, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Jo‘rabek Hasanov va Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlari assotsiatsiyasi ishchi guruhi talaba holidan xabar olib, voqea tafsilotlari bilan qiziqdi va muammoni atroflicha o‘rganib chiqdi. Advokat bilan hamkorlikda O‘zbekiston fuqarosining aybsizligini isbotlovchi kerakli hujjatlarni tayyorlashda yordam berdi.
2018-yil 17-oktabr kuni o‘zbekistonlikning aybini isbotlovchi dalillar yetarli emasligi sababli u javobgarlikdan ozod qilindi.
Izoh (0)