Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi I hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Forward MChJ rahbari Andrey Mukovnikov mamlakatda aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bilan tanishdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Xususan, xorijlik ishbilarmon Toshkentning Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi faoliyati, unda taqdim etilayotgan qulayliklar, o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdi.
“Yurtingizda yurtboshilarimizning tashabbuslariga ko‘ra tashkil etilgan bunday uchrashuv yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti bilan tanishish, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga zamin yaratdi. Markazda yaratilgan sharoit, taqdim etilayotgan yuzdan ortiq xizmatlar, tadbirkorlikni boshlash, ro‘yxatdan o‘tish uchun 30 daqiqagina vaqt sarflanishi, buning uchun o‘rnatilgan soddalashtirilgan tartib, soliq va boshqa imtiyozlar mamlakatingiz investitsion jozibasini yanada oshirishga xizmat qilmoqda” — deydi Andrey Mukovnikov.
Izoh (0)