Forum doirasida 18-oktabr kuni O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev Rossiya qog‘oz sanoati vakili – Penza shahridagi “Mayak Kans” zavodi direktori Sergey Plotnikov bilan uchrashdi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda barcha sohalarda, shu jumladan, noshirlik va matbaa sohalaridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar har ikki tomon uchun ham manfaatli ekani ta’kidlandi. Laziz Tangriyev rossiyaliklar bilan O‘zbekistonga ofset qog‘ozini olib kelish, agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylarida devor uchun qog‘oz (oboy) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etilishi lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)