“Russkoye texnicheskoye obshyestvo” kompaniyasi Toshkentda O‘zbekistonda birinchi havo metrosi liniyasi qurishni taklif etmoqda. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar berdi.
Kompaniya bosh direktori Ivan Filyayevga ko‘ra, rossiyaliklar yo‘lovchilarni poytaxt aeroportidan Tashkent City hududiga qadar olib boradigan “Strela” yer usti transport liniyasi loyihasini amalga oshirishga tayyor.
“Loyihamiz transportning ekologik turi. Tarkib yer sathidan 5 metr balandlikda soatiga 50 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi. Shahar transporti harakatiga xalaqit bermaydi, tiqinlarga sabab bo‘lmaydi. Zararli tashlamalari yo‘q, shovqini ham bilinmaydi”, — deya ta’kidladi Ivan Filyayev.
Hozirda kompaniya vakillari Toshkentda ushbu loyihani amalga oshirish imkoniyatini manfaatdor tashkilot va tizimlar bilan muhokama qilmoqda.
Izoh (0)